AZN MCHJ o‘z faoliyatini 1999 yilda oddiy Nazirov XK shirkatini tashkil qilishdan boshlagan. Sovutish vitrinalarini ishlab chiqarish eski sovet savdo sovutgichlarini ta’mirlashdan boshlangan, qandaydir bir paytda bizga yangi mahsulotni to‘liq ishlab chiqarish g‘oyasi keldi. Metallga ishlov berish uskunalari yomon holatda sotib olinardi va o‘rtoqlarning kuchlari bilan tiklanardi. Katta moliyaviy qo‘yilmalar yo‘qligi bois uskunalarning ayrim turlari shu tsexning o‘zida loyihalashtirildi va yaratildi. Shu tarzda mexanik, bo‘yoqchilik va shisha tsexlarining proobrazlari paydo bo‘ldi.
_________
2003 yilda shirkat AZN MCHJda qayta tashkil qilish ishlarini boshladi. Bu davrda biz 50 dan ortiq nomdagi mahsulotni ishlab chiqardik.
2004-2005 yillarda kompaniyamiz uchun texnologik ilgarilash bilan bog‘liq yangi bosqich boshlandi. Biz Italiyaning ko‘pik quyish uskunasi va pressini xarid qildik, bu sovutish vitrinalarining yaxlit quyiladigan korpuslarini ishlab chiqarish, bu paytgacha respublikada hech kim qilmagan zamonaviy texnologik modellarni yaratish imkonini berdi.
_________
2006 yilda AZN MCHJ davlat Mahalliylashtirish dasturiga kiritildi, bu raqamli dasturiy boshqaruv (RDB)ga ega metallga ishlov beruvchi zamonaviy uskunalarni ishlab chiqarish korxonasini qayta jihozlashga, vakuumli-formovkali uskunalarni, sovutish shkaflarini ishlab chiqarish uchun presslarni xarid qilishga ko‘maklashdi.
Bu yil kompaniya «Molochnыy domik» loyihasini jihozlashda “Vim Bil Dan” (O‘zbekiston) kompaniyasining hamkoriga aylandi.
_________
2008 yilda AZN kompaniyasi “Tashabbus 2008” respublika tanlovida birinchi o‘rinni egalladi, direktor Nazirov A.Z. esa yilning eng yaxshi tadbirkori sifatida tan olindi.
2010-2020 — bu yillarda biz quyidagi yangi mahsulotlar lineykasini yaratdik:
— sovutish shkaflari, ochiq va yopiq tipdagi “gorkalar”, furshetlar, qandolat vitrinalari,
— yangi texnologiyalardan foydalangan holda tayyorlangan savdo stellajlari
— yuk ko‘tarish qobiliyati yuqori bo‘lgan ombor stellajlari
2014-2015 yillarda biz mavjud ishlab chiqarish va ofis xonalarini rekonstruksiya qildik hamda yangi ishlab chiqarish va ombor maydonlarini qurdik. Zamonaviy katta shou-rumni tashkil qildik, unda mijozlar AZN kompaniyasining butun mahsuloti bilan tanishishi, uning ishlash qobiliyatini tekshirishi mumkin.
_________
2016-2020 yillarda mahsulotlarni sotish bozorini kengaytirishda katta qadam tashlandi. Bugungi kunda AZN mahsuloti mamlakatimizning har bir hududida hamda Tojikiston va Qirg‘izistonning alohida do‘konlarida bor.
O‘tgan davr ichida biz keyingi rivojlanish uchun katta texnologik, inson salohiyati va tajribasini to‘pladik.
Kompaniya tarixi jamoaning umumiy ishga o‘z professionalizmini qo‘shmasdan tasavvur qilib bo‘lmaydi. Har bir jamoa ortida konkret shaxslar turadi. Kompaniyamiz tarixi – uning xodimlari hamdir, ular 1999 yildan buyon turli vaqtda kompaniya shakllanishiga va rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shgan.