Biz haqimizda

AZN zavodi O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib sovutish vitrinalari, “gorkalar” ishlab chiqarishini o‘zlashtirdi, savdo sovutish uskunalarini ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy etdi. 1999-yildan boshlab har qanday savdo maydonlari – supermarketlar, “uy yonida” formatidagi minimarketlar, bozorlarni jihozlash uchun savdo va sovutish uskunalarining to‘liq spektrini ishlab chiqaradi va sotadi.

Shuningdek bizning uskunamiz oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, mehmon kutish, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalarida ham qo‘llanadi.

Ishlab chiqariladigan mahsulot assortimenti — turli nomdagi  yuzdan ortiq uskunalar: sovutish vitrinalari, “gorkalar”, shkaflar, muzlatish bonetlari, rastalar va kassa bokslari, kichik gabaritli formatdagi sovutish va muzlatish kameralari, savdo va omborlar uchun stellaj uskunalari va boshqa ko‘plab mahsulotlar.

AZN kompaniyasining ishlab chiqarish quvvatlari AMADA, KEIFEL, CANON, ERMAK, NORTOOL, TESTO kabi ishlab chiqaruvchilarning uskunalaridan iborat.

Biz ishlab chiqarishda Embraco, Eliwell, Danfoss, Lada List, Lipetsk  metallurgiya kombinati, Magnitogorsk  metallurgiya kombinati, Arcelor mittal, Karyer, Dow Izolan, EBM Papst, Angren quvur zavodi, Toshkent quvur zavodi, Alutex, AKFA, Uzkabel, «Andijon-kabel» zavodi, Winplast Systems, Tehnoinvest, Diamond Optimal, Glass Silver kabi yetakchi xalqaro va mahalliy brendlarning butlovchi qismlaridan foydalanamiz.

AZN uskunalari ishtirokida amalga oshirilgan loyihalar — VimBilDan zavodi, Chorsu bozori, MAKRO, MD do‘konlar tarmog‘i, Promeat, Delmark, Urban, Karavan, Home market  va boshqalar.

Zavodda AZN konstruktorlik byurosi faoliyat ko‘rsatadi, uning mutaxassislari savdo va sovutish uskunalarining yangi modellarini ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish bilan shug‘ullanadi.

Sotuvlar bo‘limining mutaxassislari ob’ekt maydonidan, mijozning individual istaklari va byudjetidan kelib chiqqan holda zarur uskunani tanlashga va ularni joylashtirish loyihasini tayyorlashga yordam beradi.

AZN servis xizmati butun respublika bo‘ylab tezkor kafolatli xizmat ko‘rsatadi. 

AZN uskunasini tanlar ekansiz, quyidagilarga ega bo‘lasiz:

  • Professional uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha ishonchli hamkor
  • Sifat kafolati
  • Chegirmalarning qayishqoq tizimi
  • Mutaxassislarning professional maslahatlari
 

Biz bilan bog‘laning!